empty
 
 
Treyderlar valyutani almashtirishdi

Treyderlar valyutani almashtirishdi

Jahon iqtisodiy tanazzuli vaqtida boyib ketgan, juda ko'p sohalarni qamrab olgan bozor bo'lsa, bu bozor xalqaro valyuta bozoridir.

Keyingi o'n yillarda Forex bozoriga qiziqish juda tez ortib, unga kam tanish bo'lgan mashg'ulotdan fond bozorlarida an'anaviy savdo qilishning hayotiy muqobiliga aylanishiga imkon berdi. Bunga qisman asosiy valyutalarning xilma xilligi orasidagi noaniqlik, qisman - moliyaviy-iqtisodiy inqirozning boshlanishidan qolgan bozorlarda yuz berayogan sezilarli muvaffaqiyatsizliklar sabab bo'ldi.


Aksiyalar bilan an'anaviy savdo qilishga nisbatan investorlarga ochilgan Forexning muhim afzalliklaridan biri bozorning shaffofligi bo'ldi. Aksiyalarning qiymatiga salbiy ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan axborot kompaniyalar tomonidan to'g'ri keladigan paytgacha yashirib kelinganda, valyuta bozori ishtirokchilari ancha ochiq harakat qiladi. Bu qaror boshdan o'tgan tajribaga asoslanadi. Jahon inqirozi vaqtida aksiyalarga ov qiluvchi tajribali kompaniyalar ham xonavayroy bo'ldi, katta va albatta, barqaror kompaniyalar esa yarimgacha arzonlashdi yoki to'la xonavayron bo'lishdi. Natijada juda ko'p investitsion fondlar bir kechada nihoyatda ulkan pul yo'qotishdi. Forex oddiy investorni ochiq va shaffof savdoga yaqinlashtirgani holda ularga dushman emas. Bu yerda valyuta bilan bog'liq juda ko'p qiyin topiladigan nozik jihatlarini bilish talab etilmaydi va bu masalani tushunadigan istagan kishiga Forexga yirik mablag' kiritish qo'lidan keladi. Jahon iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyat Forexning o'sib borayotgan mashhurligiga yordam bermoqda, savdo bitimlari, mamlakatlarning yillik byudjetlari va choraklik iqtisodiy prognozlar to'g'risidagi yangiliklar oqimi investorlar to'g'risidagi yangiliklar oqimi investorlarning xilma-xil valyutalarni sotib olishda erkin bo'lishlariga imkon beradi. Biroq Forex professionallarining yangi ish boshlagandan tajribali treyder o'rtasida farq kam degan ishontirishlariga juda ham ishonaverish kerak emas. Valyutalarning harakatida ma'lum bir modellar yashiringanini, nomi o'xshash valyutalar esa o'zlarini bir-biriga o'xshash tutishini (masalan Avstraliya dollari va Yangi Zelandiya dollari) tushunish kapital mablag'lar va xatarlarni ajratish uchun imkoniyatlarni kengaytirib, faqat tajriba bilan keladi. Bu modellarni ayniqsa Yaponiya va Yangi Zelandiyada yuz bergan halokatli yer qimirlashlar kabi hodisalarning oqibatlarini aniqlashda farqlab olish kerak bo'lib, bu yer qimirlashlardan so'ng ko'pgina valyutalar o'zida bu halokatlar keltirgan zarar bilan o'xshash bo'lgan domino effektini sezishdi. Valyutaning barqaror bo'lmasligi uni treydingda yetakchi qilishi mumkin. Eski ko'ngilchan amerika iqtisodining jonlanishi va uning bosh raqibi-Xitoyning o'sish sur'atlarining osishi, asosiy valyuta - AQSh dollarining asta-sekin pasayishi - to'la kutilgan edi. Bunday sharoitlarda treyderlar AQShda miqdoriy yumshatish dasturi bilan o'xshash choralarni amalga oshirishlari mumkin. Bozor uzoq muddat mobaynida pasayadigan valyuta xatari pul tikishdan qochishga harakat qilishini tushunganidan foydalangan tajribali investorlar foyda keltiruvchi qisqa muddatli investitsiyalarni amalga oshirishadi. Biroq faqat vaqtni yaxshilab hisob-kitob qilishga asoslangan va omad ulushi bilan yo'g'rilgan investitsion qarorlar mavjud. Endi yevroning harakatini oldindan bilish uchun bugun Gretsiyaning iqtisodiyotiga tegishli hamma narsaga diqqatni jalb etish kerak. Ammo bu yerda ham Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarning tez iqtisodiy o'sishi bilan qoplanadigan Gretsiya ko'rsatkichlaringn shubhasiz salbiy ta'siri vujudga kelgan noaniqlik mavjuddir. Natijada yevro bir onda shipgacha sakrab chiqishi yoki tubiga tushib ketishi mumkin, shuning uchun u bilan savdo qilishni eng yaxshisi "oldindan bilib bo'lmaydigan" deb tavsiflash kerak. Biroq Forexga kompaniyalarning oqib kelishi to'xtamaguncha treyding uchun yangi imkoniyatlar ham paydo bo'lishda to'xtamaydi. Shu bilan birga, hozir ommaviy bo'lgan mobil internet har bir kishiga valyuta bilan savdo qilishning nashidasini sezish imkoniyatini beradi.


"European CEO" jurnali, 2011 yil, Avgust-Sentabr
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.