empty
 
 
Yaxshi qarorlar uchun yaxshi vaqt (InstaForeks bilan)

Yaxshi qarorlar uchun yaxshi vaqt (InstaForeks bilan)

2016 yilda dunyo hamjamiyati burilish hodisalarining guvohi bo'ldi. Buyuk Britaniyadagi referendumda "breksit" bo'yicha ovoz berishning hijolatli natijalari va Donald Trampning kutilmagan g'alabasi moliya bozorlarida, shu jumladan Foreks bozorida dramatik o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Britaniyaning funt sterlingi tarixiy minimumgacha pasaydi, yevro yo'qotishlarni kamaytirishga erishdi, AQSh dollari esa investorlarning kutganiga qarama-qarshi juda ko'tarilib ketdi.

Jahon iqtisodiyotidagi katta o'zgarishlar va valyuta bozoridagi uzluksiz harakatlar vaqtida global turbulentlik girdobi ta'siriga berilmay avvalgicha qolgan ajib bir hol bo'ldi. Masalan, InstaForeks kompaniyasi mijozlarining daromadlari. Hammaga ma'lum holat shundaki, treyder valyuta kurslarining o'zgarib turishida juda yaxshi pul ishlab topishi mumkin.



Rivojlanish yo'nalishini aniq tushunib olib, Siz valyutalarning keyingi harakatini oldindan aniq aytishingiz mumkin. Sizning bashoratingiz qanchalik aniq bo'lsa, Foreksda kurslarning o'zgarishida pul ishlab topish ehtimoli shuncha katta bo'ladi. InstaForeksning tahlilchilari har kuni professional prognozlarni va bozordagi eng yangi ma'lumotlarni nashr qilib turishadi. Bizning tahliliy ma'lumotlarimizning juda yuqori darajada aniqligi tufayli butun dunyodagi millionlab treyderlar to'g'ri savdo qarorlarini qabul qilishadi va binobarin, barqaror foyda olishadi. InstaForeks mijozlari rasmiy saytda muhim tahliliy maqolalarni doim topishlari mumkin. Ular shuningdek, har kuni yangilik xabarlarini SMS ko'rinishida yoki elektron pochtaga qabul qilib olishlari mumkin. Bundan tashqari, o'z vaqtini qadrlaydigan va mustaqil savdo qilishni istamaydiganlar uchun InstaForeks kompaniyasi maxsus xizmatlarni tavsiya etadi, bunday xizmatlar qatorida muvaffaqiyatli treyderlarning bitimlaridan nusxa ko'chirishga imkon beruvchi ForexCopy tizimi, va boshqa treyderlarning bitimlariga mablag'larni investitsiyalash uchun PAMM-tizimdir.

Agar Siz o'zingizni tajribali treyder deb hisoblasangiz va vaqt o'tishida sinalgan o'zingizning shaxsiy strategiyangiz bilan ishlasangiz, u holda Siz InstaForeks kompaniyasining mashhur sport jamoalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli tanlovlar va kampaniyalarni baholaysiz. 2015 yilda InstaForeks kompaniyasi mashhur futbol klubi "Liverpul"ning hamkori bo'ldi, va yaqinda o'tkazilgan "Afsonani yutib chiq" tanlovi bu jamoa bilan hamkorlikda amalga oshirilgan edi. Kimning prognozlari eng aniq chiqsa, ular "Enfild" stadioniga bepul borish yo'llanmasini yutib oladilar. Bundan tashqari, 2016 yilda InstaForeks kompaniyasi o'z hamkorlari qatoriga kelib qo'shilgan italiyaning "A seriyasi" - "Palermo" futbol jamoasini qutladi. Bu holat, juda tez vaqt oralig'ida yangi kampaniyalar ishga tushiriladi, demakdir.

Promo-aksiyalarda ishtirok etishdan tashqari InstaForeksning mijozi savdo uchun 130dan ortiq moliya vositalaridan foydalanish huquqiga ega. Bizning mijozlarimiz mos keladigan 1:1000 gacha bo'lgan kredit yelkasini tanlab olishlari mumkin. Biz foyda olishning maksimal ehtimolini ta'minlaydigan ilg'or savdo qarorlarini taklif etamiz.

Har qanday tajribaga ega bo'lgan treyderlar uchun savdo qarorlarining keng doirasi, shuningdek xizmatlar sifatining doimiy ravishda yaxshilanib borishi InstaForeks kompaniyasini butun dunyoning e'tirofiga sazovor qildi. 2016 yilda InstaForeks broker nufuzli omilkor jurnal hisoblangan "European CEO" jurnalining nufuzli sovrinini qabul qilib oldi.

"European CEO" jurnali, (2017 yil, Qish)
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.