empty
 
 

InstaForeks DM - foreks mikro reallarining yangi yetakchisimi?

Juda ko'p Diling markazlari treyderlar jurnaliga intervyu berishga oshiqishadi. 2-3 ta chalkash savollardan so'ng Diling markazlari vakillari xafa bo'lishadi va ketib qolishadi. Ehtimol buning sababi, Diling markazlari uchun emas, balki treyder uchun qiziqarli bo'lgan savollarni berganingizda reklama va antireklama o'rtasida juda nozik chegara mavjudligida bo'lsa kerak. Bunday "siquvga" qat'iylik bilan va haqqoniy chidash bergan kishini tasavvur qilaman.

"Birja yetakchisi" nomli treyderlarning jurnali mutaxassislarining fikriga ko'ra, InstaForeks brokerlik kompaniyasi - faqat RFda emas, balki butun dunyoda eng harakatchan rivojlanayotgan kompaniyalardan biridir. Brokerlik sirlarining ikir-chikirlarini biz bugun xalqaro Foreks - InstaForeks brokeri vakili Dmitriy Savchenko bilan suhbatda bilib olishga harakat qilamiz.

Foreks brokerlari - bu kazino, MT4 esa - bu ruletkaning yangi shaklimi?

Muxbir: Diling markazlari soni juda ko'p bo'lib, borgan sari o'sib bormoqda. Treyderlarning Diling markazlari to'g'risidagi MT4 savdo terminalini ("yutqizishsiz ruletka") sotib olgan va faqat bir maqsadda taqsimlab olish uchun treyderlardan pul yig'ib oluvchi tadbirkorlar guruhlari to'g'risidagi fikrlar sir emas. Pul yig'ib olishadi ... va ularni bo'lib olishadi (97% treyderlar o'zlari yutqazishadi, 3% iga "qarindosh" Diling markazining o'zi yordam beradi, kimdir ishlab pul topsa, bu treyderga Diling markazi profitni shundayicha bermaydi. Akademiya tinglovchilari o'rtasida turli xil Foreks brokerlik kompaniyalari tomonidan profitni qaytarib bermaslikning 5 ta holati yuz bergan). Treyderlarning Diling markazlari va Foreks brokerlari to'g'risidagi fikrlari to'g'rimi yoki yo'q?

InstaForeks: Treyderlarning bu fikri qisman to'g'ri. Forex brokerlari - bizning hayotimiz aksi bo'lib, unda hamma narsa bor, birini ikkinchisidan ajratish muhimdir. Shu jumladan, RFda ham, yaqin va uzoq xorijda ham Siz aytgan sxemaga mos keladigan Diling markazlari va brokerlik kompaniyalari ham bor. Foreksdagi har bir treyderga haqqoniy brokerni DM "oshxona"laridan ajratib olishga yordam berishga haqaqiat ham qodir bo'lgan nozik jihatlarga e'tibor bera olishni bilish zarur.

Muxbir: Treyder haqqoniy brokerni "DM oshxona"laridan qanday ajratib olishi mumkin?

InstaForeks: Siz internetdan topadigan haqqoniy brokerning barcha mezonlari (pulli xotingda sayt, tahlil va boshqalar) - allaqachon eskirib qolgan - hozir hammada pullik saytlar, deyarli hammada tahlillar bor. O'z savolingizga javobni ikki yo'nalishda izlang: - kim, qachon va nima uchun o'z DMni yaratgan; - qanday investitsiyalarni amalga oshirgan. Agar Siz "tajribali treyderlar guruhi" tushunarsiz sababga ko'ra treydingni tashlab, insoniyatni o'zining brokerlik kompaniyasi bilan baxtli qilishga qaror qilgani to'g'risidagi reklamani ko'rganingizda ... yoki mutlaqo yangi DM birdan misli ko'rilmagan savdo shartlari to'g'risida e'lon qilgani haqidagi reklamani ko'rganingizda, bu jiddiyligiga ishonmaysiz. Xullas bizning hayotimizda bunday holatlar shunchalik ko'pki, qaysi biriga ishonishni ham bilmaysiz.

Muxbir: Yaxshi. Keling aniq bir misolni ko'rib chiqaylik. Men Sizning brokerlik kompaniyangizda 1 ming dollarlik hisob-varag'ini ochgan treyderman. Agar men ishlab pul topa boshlasam, mening pullarim bilan bundan keyin nimalar bo'ladi?

InstaForeks: Sizning pullaringiz bilan hech narsa yuz bermaydi. Ular Sizning balansingizda qoladi va Sizning savdoingiz samaradorligiga bog'liq holda kamayadi yoki ortadi. InstaForeks - bu ancha katta investitsiyaga ega bo'lgan yirik xalqaro Foreks brokerdir. Biz faqat spredlar qisobiga pul ishlab topamiz. Biz bu bozorga bir oy yoki bir yilga kelganimiz yo'q. Biz bu bozorda imkoni boricha uzoq muddat qolmoqchimiz. Shuning uchun bizga biror xil rangsiz sxemalardan foydalanish yoki "ishonchli" boshqaruvga "o'ynash" maqsadga muvofiq emas. Bizda ancha katta mijozlar portfeli shakllangan, shuning uchun biz yagona va mutlaqo shaffof daromad manbai - bitimlardan spred hisobiga muvaffaqiyatli rivojlanmoqdamiz. Shuning uchun barcha amaldagi va imkoniyatli treyderlarga to'q donni kurmagidan ajratib olishni masalat qilar edi.

Muxbir: Kim va nima uchun InstaForeks brokerlik kompaniyasini tashkil etgan? Anchadan beri Sizni kuzatib kelaman. Avval demo-hisob-varaqlari tanlovida yirik sovrinlar, keyin internetda "2 ta Xammerning kalitlari baxtli qo'llarga" nomli eng nomdor aksiya. Jahon moliya inqirozi sharoitida harajatlar o'zini oqlaydimi?

InstaForeks: Siz kompaniyamizning mohiyatini va dunyodagi boshqa brokerlik kompaniyalardan muhim farqini to'g'ri sezibsiz - bu kelajakning ishi. InstaFintech Group - bu dunyoning turli burchaklaridagi investitsiya kompaniyalari guruhi bo'lib, u investitsiyalar valyuta bilan chayqovchilik qilishdan farqli ravishda - UZOQ muddatli loyihalar ekanligini tushunadi. Nima uchun keldik va uni keng ko'lamda egallay boshladik? Chunki brokerlik kompaniyalarini kim va nima uchun yaratishini va treyderlarga qanday xizmatlar ko'rsatishini ko'rdik. Ichkaridan qaraganda bu juda vahimali ko'rinadi. Bizning yo'limiz o'ziga xos noyob - biz o'sishi kerak bo'lgan treyderlarga birinchi bo'lib investitsiya kirita boshladik... ko'pchilik Diling markazlariga (investorlardan farqli ravishda) bu mutlaqo kerak emas.

Muxbir: Buni InstaForeksni Masterforex-V Akademiyasiga nisbatan ma'lum bo'ldi. MF to'g'risida har qanday eslatishni ma'lum kishilar ta'qiqlab qo'ygan sharoitda Sizning xodimlaringiz hatto treyderlarni bizda o'qitishga yuborishadi.

InstaForeks: Sizning Masterforex-V Akademiyangizga bo'lgan munosabat - Diling markazi yoki Foreks brokerini ba?olash mezon hamdir - brokerlardan ?aysi biriga tajribali treyderlar kerak, ular kimlarga kerak emas. Biz Sizning Akademiyangizni eng qobiliyatli treyderlarga faqat tavsiya etibgina qolmay, balki umidli treyderlar va investorlarning manfaatlarini birlashtirishning bizning strategiyamiz doirasida yaqin vaqt navbatdagi qadamni qo'yamiz. Hozirgi vaqtda biz Akademiyaning tinglovchilari o'rtasida 1-2 oy mobaynida yirik sovrinli keng miqyosli tanlovni tashkil etish to'g'risida MF bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Masalan, 1-o'rinni olgan kishi - g'olib naqd pul bilan 3 ming dollar va boshqarishga dastlabki hisob-varaqqa 30 ming dollar oladi. Savdo muvaffaqiyatli bo'lganda - investorlik hisob-varag'i miqdori cheklanmagan. Dunyoda investitsiyalarda muammo yo'q (hatto jahon moliya inqirozi sharoitida ham), boshqa muammolar (treyderlar va brokerlar muammolari) mavjud. Bunday tanlovlarni (bizning investorlik bo'limimiz bilan MM treyderlarni, stoplarni va boshqa mezonlarni tekshirgan holda) doimiy ravishda o'tkazib borishni rejalashtiramiz.

Muxbir: Sizning brokerlik kompaniyangiz rivojlanishining asosiy bosqichlarini tavsiflab bering. Shu vaqtgacha nimalar qilindi-yu bundan keyin nimalarni bajarish kerak?

InstaForeks: Yirik brokerlik kompaniyasi sifatidagi bizning birinchi qadamimiz dunyodagi eng yirik filiallar tarmog'ini yaratib, ularda mikro reallardan tortib to eng yirik investorlik depozitlarigacha bo'lgan xizmatlarni taqdim etish - bu ish amalga oshirildi. Filiallar tarmog'i dunyoning 30 mamlakatida ochilgan bo'lib, ularning miqdori o'sib boradi. Bundan tashqari, kompaniyani o'stirishning muhim tashkil etuvchisi - bu mikro reallar bo'yicha xizmatlarni to'laqonli taqdim etishdir. InstaForeks kompaniyasida bir lot hisob-varag'ining 10000 birligigacha kamaytirilishi mumkin, bu esa o'z navbatida mijozga bitta hisob-varag'ida bir yo'la bir nechta hisob-varag'iga ega bo'lishga imkon beradi. Keyin treyder savdo qilishning 0,01 lotdan boshlab turli xil hajmlaridan foydalanib, mutlaqo oson savdo qilishi mumkin. Mikro realli hisob-varaqlarining afzalligi va ommabopligi ham shundadir. Bizning kompaniya mikro reallar bilan ancha uzoq muddat davomida ishlamoqda va kompaniyadan mikro reallar ancha katta ommaboplikka ega ekanini ishonch bilan aytish mumkin, bu esa o'z navbatida bizni mazkur segmentda yetakchilardan biri deb e'tirof etadi. InstaForeksning ikkinchi qadami - bu ishlab pul topayotgan treyderlarga shaxsiy investitsiyalar kiritishidir. Jiddiy investorlarga tajribali treyderlar kerak bo'lib, ularni etishtirish kerak, ularni investorlar bilan birlashtirib eng qobiliyatlilarini tanlab olish kerak, bunda bir-biri bilan qat'iy bitimlar imzolash va moliyaviy holatni nazorat qilib turish lozim. Investorlarni mablag' kiritishiga ishontirish kerak emas (investorlarning mantig'ini tushunmaydigan hukumat amaldorlari qilgani kabi), investorlarga barqaror pul ishlab topayotgan treyderlarning savdo qilishi natijalari misolida ularning foyda olishini ko'rsatish kerak. Biz esa, o'z navbatida, investor o'ziga PAMM-hisob-varaqlari tizimida ishlash doirasida ishonchli boshqaruvni ko'rib chiqib, tanlab ola bilishi uchun sifatli servisni kafolatlaymiz. InstaForeksning uchinchi qadami - yanada ajoyib bo'ladi. Senga qadar hech kim xohlamagan va buni tasavvur ham qilmagan narsani taqdim etib, brokerlik xizmatlari uyasida yetakchi o'rinni egallash va uni tutib turish mumkin bo'ladi.

Muxbir: Rahmat. Treyderlarning va investorlarning manfaatlarini birlashtirishga intilayotgan yangi turdagi brokerlik kompaniyasini ko'rish, qisqa vaqtdan so'ng - mikro reallarning shubhasiz jahondagi yetakchisi InstaForeks brokerlik kompaniyasi bo'ldi, deb yozish kabi, quvonarlidir. Siz ishni endi boshlayotgan treyderlarga nimani tilaysiz?

InstaForeks: Rahmat. Eng avval "O'qish, o'qish va yana o'qishni". Dunyoda investorlik mablag'lari muammosi yo'q, jahonning turli xil birja maydonlarida tajribali va barqaror pul ishlab topadigan treyderlarning etishmasligi jiddiy muammosi bor.

"Birja yetakchisi", 2009 yil, oktabr
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.